MINERAL TUZLAR TO‘PLANISHIGA QARSHI SAMARALI INGIBITOR SINTEZI VA UNING NEFT-GAZ SOHALARIDA QO‘LLANILISHI
DOI:
https://doi.org/10.5281/zenodo.19630364Kalit so‘zlar:
sulfometillanish, ingibitor, issiqlik almashinishi, mineral tuzlar, texnik suv, neft-gaz sanoatiAbstrak
Ushbu tadqiqot neftni qayta ishlash va qazib chiqarish jarayonlarida qo‘llaniladigan issiqlik almashinish qurilmalarida mineral tuzlarning (asosan kalsiy va magniy karbonatlari) cho‘kishi muammosini hal qilishga qaratilgan. Tadqiqot obyekti sifatida neft konlari va korxonalaridagi texnologik issiqlik almashinuv tizimlarida aylanadigan, yuqori minerallashgan va qattiqlik darajasi yuqori bo‘lgan texnik suvlar tanlab olindi. Maqolada bitta amino guruhli analoglardan farqli o‘laroq, ikki amino guruhli aromatik birikma — fenilendiamin C6H4N2H4 asosida yangi turdagi ingibitor sintezi bayon etilgan. Sintez jarayoni formaldegid va natriy gidrosulfit ishtirokida, sulfometillanish reaksiyasi orqali amalga oshirildi. Olingan fenilendimetilensulfonat C8H6N2S2O6Na2 hosilasining issiqlik almashinish sirtlaridagi himoya qobiliyati tajribada sinovdan o‘tkazildi. Natijalar shuni ko‘rsatdiki, taklif etilayotgan kompozitsiya issiqlik yuklamasi yuqori bo‘lgan sharoitda ham mineral tuzlar cho‘kishini 92–95% gacha samarali to‘xtatadi. Tadqiqot issiqlik almashinish qurilmalarining foydali ish koeffitsientini oshirish va energiya sarfini kamaytirish uchun xizmat qiladi.
Havolalar
Z. Amjad, R. W. Zuhl, and J. A. Thomas-Wohlever, "Performance of anionic polymers as precipitation ingibitors for calcium phosphonates: the influence of cationic polyelectrolytes," Kluwer Academic/Plenum Publishers, 1999, pp. 71–83.
M. M. Reddy and A. R. Hoch, "Calcite crystal growth rate inhibition by aquatic humic substances," in Advanced on Crystal Growth Ingibitor Technologies, Z. Amjad, Ed. New York, NY, USA: Kluwer Academic/Plenum Publishers, 1999, pp. 107–121.
R. A. Lidin, V. A. Molochko, and L. L. Andreeva, Khimicheskie svoistva neorganicheskikh soedinenii [Chemical Properties of Inorganic Compounds]. Moscow, Russia: Nauka, 2000.
K. D. Demadis and P. Lykoudis, "Chemistry of organophosphonate scale growth ingibitors: 3. Physicochemical aspects of 2-phosphonobutane-1,2,4-tricarboxylate (PBTC) and its effect on CaCO3 crystal growth," Bioinorganic Chemistry and Applications, no. 3-4, pp. 135–149, 2005.
S. S. Sharipov et al., "Electromagnetic radiator, device and method for inhibiting the formation of deposits and corrosion of downhole equipment," RU Patent 2570870, Dec. 10, 2015.
A. V. Isakov, "Aktivnaya zashita oborudovaniya ot soleotlojeniy" [Active protection of equipment from scale deposition], Inzhenernaya Praktika, no. 2, pp. 10–11, 2014.
B. N. Driker, S. A. Tarasova, A. G. Tarantaev, and A. N. Obozhin, "Low molecular weight polymers as ingibitors of scale deposition and corrosion," Energosberejenie i Vodopodgotovka, no. 6, pp. 12–15, 2010.
D. Yusupov, Kh. I. Kadirov, R. S. Tapilov, and S. M. Turabdjanov, "Development and investigation of properties of new mineral salt deposition ingibitors," Uzbekistan Journal of Oil and Gas, no. 3, pp. 26–27, 2001.
G. D. Rakhmatullaeva, "Synthesis and development of technology for new complexones and their application," Ph.D. dissertation, Tashkent Chemical-Technological Institute, Tashkent, Uzbekistan, 2000.
Kh. I. Kadirov, D. Yusupov, T. M. Mirkamilov, and S. M. Turabdjanov, "Anomalous phenomena in water supply and methods of their prevention," in Proc. Problems of Drinking Water Supply and Ecology, Tashkent, Uzbekistan: Universitet, 2002, pp. 131–142.